Barcha yangiliklar
Xotin-qizlarni himoya qilish: qonun ijrosi yuzasidan fikr almashildi
Gallery image 258961
Gallery image 258962
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
06 Okt 2026
16:13

Xotin-qizlarni himoya qilish: qonun ijrosi yuzasidan fikr almashildi

#Deputat_nazorati
#162_ta_qonun_ijrosi

Xotin-qizlarni himoya qilish: qonun ijrosi yuzasidan fikr almashildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova, Kengash deputati A.Andayev hamda xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi M.Andaqulova ishtirokida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-561-son, ijrosi yuzasidan suhbat va muhokama o‘tkazildi.

Suhbat davomida qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish hamda bunday holatlarga duch kelgan xotin-qizlarga zarur ko‘mak ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, murojaatlar bilan ishlash va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.