Barcha yangiliklar
Mog’ol mahallasida bog‘lar holati deputatlik nazoratida
Gallery image 258950
Gallery image 258951
Gallery image 258952
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
06 Okt 2026
16:08

Mog’ol mahallasida bog‘lar holati deputatlik nazoratida

Mog’ol mahallasida bog‘lar holati deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati U.Almanov tomonidan Mo’g’ol mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 24 ta muhim yo‘nalish doirasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Navbatdagi o‘rganish davomida mahalla hududidagi bog‘lar holati, ularni saqlash, obodonlashtirish, sug‘orish tizimi, daraxt va ko‘chatlarni parvarishlash, sanitariya holati hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Nazorat-tahlil jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bog‘larni yanada obod qilish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kuchaytirish va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlarni tashkil etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
🌳 Obod va ko‘rkam mahalla – barchamizning umumiy mas’uliyatimiz