Barcha yangiliklar
“Gulzor” mahallasida deputatlik nazorati: Ijtimoiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
Gallery image 258769
Gallery image 258770
Gallery image 258771
Gallery image 258772
Gallery image 258773
Gallery image 258774
Gallery image 258775
Gallery image 258776
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
06 Okt 2026
15:01

“Gulzor” mahallasida deputatlik nazorati: Ijtimoiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov “Gulzor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashdi.

✨Uchrashuv davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy masalalarni manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

❗️Shuningdek, Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida mahalladagi ijtimoiy xizmatlar, xususan, ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

💡O‘rganish jarayonida ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning samaradorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Deputatlik nazorati doirasida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

🌟Aholi manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarni joyida o‘rganish va muammolarni amaliy hal etish — deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir.