Barcha yangiliklar
ZARBDOR” MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 258652
Gallery image 258653
Gallery image 258654
Gallery image 258655
Gallery image 258656
Gallery image 258657
Gallery image 258658
Gallery image 258659
Gallery image 258660
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
24 Sen 2026
13:29

ZARBDOR” MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI O‘RGANILDI

ZARBDOR” MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov, Kengash kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov hamda shahar Kengashi deputati Sh. To‘raboyeva tomonidan “Zarbdor” mahallasidagi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish, shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, barqaror ish o‘rinlarini yaratish, daromad manbalarini ko‘paytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, aniqlangan muammolarni joyida o‘rganish, ularning yechimini ta’minlash hamda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini olib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mahallalarda deputatlarning “mahalla yettiligi” va aholi bilan muntazam muloqot olib borishi, muammolarni joyida o‘rganishi hamda ularning yechimiga ko‘maklashishi deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etilgan.

O‘rganish jarayonida Kengashning doimiy komissiyalari kesimidagi qonunlar taqsimotidan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-642-son, 2020-yil 20-oktabr hamda sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari talablari o‘rganildi.