Barcha yangiliklar
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 258545
Gallery image 258546
Gallery image 258547
Gallery image 258548
Gallery image 258549
Gallery image 258550
Gallery image 258551
Gallery image 258552
RADJAPOVA NIGORA KUTLIMURATOVNA
05 Okt 2026
10:49

XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

2026-yil 5-oktabr kuni Xorazm viloyati hokimligi binosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi O.Kozixonova Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tadbirlar xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.