Barcha yangiliklar
#_24_Masala
Gallery image 258504
Gallery image 258505
Gallery image 258506
Gallery image 258507
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
05 Okt 2026
10:33

#_24_Masala

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati, Kotibiyat mudiri Mansur Urazbayev o‘z deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘ldi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim muassasasining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga shaylik darajasini va isitish tizimining uzluksiz ishlash imkoniyatlarini bevosita joyida ko‘zdan kechirishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganishlar davomida deputat:
Maktabning isitish qozonxonasi va issiqlik tarmog‘ining texnik holatini inspeksiya qildi;
Sinf xonalari hamda xizmat xonalarida harorat me’yorlariga rioya etilish sharoitlarini tahlil etdi;
Mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik uzilishlarning oldini olish masalalarini mas’ullar bilan muhokama qildi.

Tadbirkorlik va ijtimoiy soha obektlarining mavsumga shayligi bo‘yicha deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.