Barcha yangiliklar
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DEPUTAT NAZORATIDA
Gallery image 258495
Gallery image 258496
Gallery image 258497
Gallery image 258498
Gallery image 258499
Gallery image 258500
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
06 Okt 2026
10:31

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DEPUTAT NAZORATIDA

Aholiga munosib turmush sharoitini yaratish hamda kuz-qish mavsumini bexatar va betalafot o‘tkazish doimiy e’tiborda.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi “Adolat” SDP deputatlik guruhi a’zosi M.Urazbayev mas’ullar ishtirokida 6-Bo‘ston saylov okrugi hududdagi ta’lim muassasalarida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
Ta’lim maskanlaridagi isitish tizimlari hamda qozonxonalarning texnik sozligi;
Elektr energiyasi va tabiiy gaz (suyultirilgan gaz) ta’minotidagi barqarorlik;
Muassasalarni ko‘mir va boshqa muqobil yoqilg‘i zaxirasi bilan yetarli darajada ta’minlanganligi;
Bino va xonalarning issiqlik saqlash imkoniyatlari.

Jarayonda deputat va ishchi guruhi a’zolari tomonidan aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Bildirilgan murojaat va muammolar yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

“Ta’lim muassasalarida farzandlarimiz uchun issiq va qulay sharoit yaratish — ustuvor vazifamizdir,” — deydi deputat M.Urazbayev.