Barcha yangiliklar

RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
06 Okt 2026
09:38
🔎 ARBОB MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESRGA KIRITILGAN OILA HOLATI O‘RGANILDI
🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, 12-Arbob saylov okrugidan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputati Nurjanova Matluba Odamboevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov Arbob mahallasi raisi va ijtimoiy xodim bilan birgalikda mahalladagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, davlat ta’minotidagi oilaning bolalar nafaqasi olish holatini o‘rgandilar.
📌 O‘rganish davomida oilaga tayinlangan bolalar nafaqasi, uning to‘lanishi hamda oilaning mavjud ijtimoiy holati ko‘rib chiqildi.
🏠 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tartibda amaliy choralar belgilandi.