Barcha yangiliklar
#Deputatlik nazorati amalga oshirildi
Gallery image 258221
Gallery image 258222
Gallery image 258223
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
05 Okt 2026
18:05

#Deputatlik nazorati amalga oshirildi

Deputatlik nazorati amalga oshirildi

✅18- saylov okrugi deputati F.Radjapova tomonidan tuman dorixonalarida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 4-yanvardagi "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi 399-sonli Qonuni talablari ijrosining taʼminlanishi yuzasidan deputatlik nazorati tartibida o‘rganish olib borildi.

✅O‘rganish davomida dorixonalarda yaroqsiz holga kelgan (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning mavjudligi, ularni saqlash va muomaladan chiqarish tartibiga rioya etilishi holati o‘rganildi.

✅Shuningdek, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi ham o‘rganildi.

✅Deputatlik nazorati davomida  amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan mas'ullarga tushuntirishlar olib borildi.