Barcha yangiliklar









SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
05 Okt 2026
18:02
#Deputat_faoliyati
🔰 Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi 6-okrug deputati T.Xoliqov tomonidan “Fayz” MFYda istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz onalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi.
🔰 O‘rganish davomida Sh. Mahkamova, G.Hakimova , Z.Abduraximova va S. Alimova bilan suhbatlashildi.
🔰 Fuqarolarning ijtimoiy holati, oilaviy sharoiti hamda voyaga yetmagan farzandlari borligi inobatga olinib, ularni ish bilan ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish va daromad manbaini yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
🔰 Shuningdek, fuqarolarga mavjud imkoniyatlardan foydalanish, o‘zini o‘zi band qilish hamda mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.