Barcha yangiliklar
#Deputat_mahallada
Gallery image 258195
Gallery image 258196
Gallery image 258197
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
05 Okt 2026
18:00

#Deputat_mahallada

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati A. Abdumuxtorovning ishonchli vakili tomonidan Zangiota tumani “Bo‘ston” MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning jamoat transporti faoliyatiga oid murojaatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Tursunova ishtirokida o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan jamoat transporti qatnovlarining muntazamligi, yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalarining sig‘imi kamligj, aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar tinglandi.

🔶Muloqot davomida fuqarolarning jamoat transportidan foydalanishda duch kelayotgan muammolari atroflicha o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi

🔷O‘rganish yakunida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda murojaatlarning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini davom ettirish belgilab olindi.