Barcha yangiliklar
Qo‘rg‘oncha
Gallery image 31236
Gallery image 31237
Gallery image 31238
Gallery image 31239
Gallery image 31240
Gallery image 31241
Gallery image 31242
ABDULAXATOVA OLIYA ERGASHEVNA
06 Mar 2025
18:02

Qo‘rg‘oncha

Joriy yilning 4-mart kuni Tuman Maktabgacha va maktab ta'limi tasarrufidagi 14-sonli umumta'lim maktabida Xalq deputatlari tuman kengashi, O'zLidep partiyasi deputati M.Rustamov 19-Qo'rg'oncha saylov okrugi saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuvini o'tkazdi.

Uchrashuvda mahalliy aholi, kichik biznes vakillari, oilaviy tadbirkorlar, o'z tadbirkorligini boshlamoqchi bo'lgan yoshlar va nuroniylar ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot ruhida kechgan davra suhbatida deputat M.Rustamov mahalliy aholini o'zining 2025 yildagi dastur-rejasi bilan tanishtirdi.

Uchrashuv so'ngida aholi tomonidan savollarga javob berilib, takliflar o'rganildi va nuroniy otaxonlar duolari olindi.