Barcha yangiliklar
Tibbiyot maskanidagi sharoitlar nazorat qilindi
Gallery image 258072
Gallery image 258073
Gallery image 258074
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
05 Okt 2026
17:38

Tibbiyot maskanidagi sharoitlar nazorat qilindi

Tibbiyot maskanidagi sharoitlar nazorat qilindi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov bilan birgalikda “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi doirasida “Keneges” OFY, 5-Xamza saylov okrugidagi Oilaviy shifokorlik punktida bo‘ldi.

🔎 O‘rganish jarayonida fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish sifati va o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari bilan bir qatorda, tibbiyot xodimlari hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi.

📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat holati deputatlik nazoratiga olindi.