Barcha yangiliklar
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
05 Okt 2026
17:38

Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi

Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov bilan birgalikda “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini nazorat qilish maqsadida “Keneges” OFY, 5-Xamza saylov okrugidagi Oilaviy shifokorlik punktida bo‘ldi.

🔎 Tashrif davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganilib, mas’ullar bilan mavjud masalalar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

📌 Aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlar sifatini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratida.