Barcha yangiliklar
#Doimiy_komissiya_yig‘ilishi
Gallery image 258042
Gallery image 258043
Gallery image 258044
Gallery image 258045
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
05 Okt 2026
17:26

#Doimiy_komissiya_yig‘ilishi

#Doimiy_komissiya_yig‘ilishi

Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔰Qo‘shma yig‘ilishda ijtimoiy soha obyektlari xususan, maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari, tibbiyot birlashmalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha hududlarda deputatlar tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar muhokama qilindi.

🔰Muhokama davomida bu borada aniqlangan muammolar haqida so‘z yuritildi. Soha mutaxassislarining hisobotini tinglashdan avval ishchi guruhi tuzilib, ular tomonidan muassasalarning holatini batafsil o‘rganishga kelishib olindi.

🔰Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi