Barcha yangiliklar
#QABUL
Gallery image 258009
Gallery image 258010
Gallery image 258011
Gallery image 258012
Gallery image 258013
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
05 Okt 2026
17:18

#QABUL



Zangiota tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Erkin Rustamov "Tarnov" mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan hududdagi obodonlashtirish, kommunal xizmatlar, yo‘l infratuzilmasi, bandlik, ijtimoiy himoya hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
🔰Har bir murojaat mas’ullar tomonidan alohida ko‘rib chiqilib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli topshiriqlar belgilandi. Ko‘rib chiqilgan 25 ta murojatning 8 tasini joyida hal etish choralari ko‘rilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar ijroga yo‘naltirildi.

🔰Sayyor qabul davomida aholining muammolarini bevosita mahallaning o‘zida o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va murojaatlarning ijobiy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

🔰Murojaatlarning ijrosi nazoratga olinib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli choralar belgilandi.