Barcha yangiliklar
“NODIRABEGIM” AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
Gallery image 257643
Gallery image 257644
Gallery image 257645
Gallery image 257646
Gallery image 257647
Gallery image 257648
Gallery image 257649
Gallery image 257650
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
10 Sen 2026
11:46

“NODIRABEGIM” AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

“NODIRABEGIM” AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Namangan shahridagi “Nodirabegim” axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganilib, foydalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

O‘rganish davomida axborot-kutubxona xizmatlarining tashkil etilishi, kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar, mavjud adabiyotlar fondi, o‘quv zallari hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholiga sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida Kengashning doimiy komissiyalari kesimidagi qonunlar taqsimotidan “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-280-son hamda sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari talablari o‘rganildi.

O‘rganish ishlari Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev va kotibiyat bosh mutaxassisi A. Nurmatov tomonidan amalga oshirildi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦