Barcha yangiliklar







XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
06 Fev 2025
11:16
MIROBOD TUMANIDA PROKUROR VA DEPUTAT ISHTIROKIDA QABUL O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Gulrux Umarova va tuman Prokurori B.Abdullayevlar
tomonidan, tumanidagi “Afrosiyob” mahalla yettiligi va hududda yashovchi fuqarolar bilan uchrashdi. Uchrashuvda aholi bandligi, xotin-qizlarni, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqa
dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Uchrashuv jarayonida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan fuqarolar o‘z fikrlarini bildirib va takliflar berishdi hamda muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha chora-tadbir ishlab chiqildi. Bir qancha muammoli masalalar o‘z yechimini topdi. Tadbir so‘ngida deputat uchrashuv bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.
Bir qancha muammoli masalalar uchrashuv vaqtida o‘z yechimini topdi.