Barcha yangiliklar
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Gallery image 257366
Gallery image 257367
Gallery image 257368
Gallery image 257369
Gallery image 257370
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
05 Okt 2026
09:11

Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi 15-O‘zbekiston saylov okrugi deputati Sh. Radjapov tuman hududidagi 28-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.

Tashrif davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganildi.

Maktab ma’muriyati bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud masalalar, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!