Barcha yangiliklar
#Bepul dori vositalari bilan taminlash holati o‘rganildi
Gallery image 257362
Gallery image 257363
Gallery image 257364
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
05 Okt 2026
09:10

#Bepul dori vositalari bilan taminlash holati o‘rganildi

#Bepul dori vositalari bilan taminlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq Kengashi 24-O'rtasaroy saylov okrugi deputati G.Mirbabayeva tomonidan “O'rtasaroy” mahallasidagi tibbiyot punktida o‘rganish ishlari olib borildi.

Tashrif davomida aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati, ularning belgilangan tartibda yetkazib berilishi va fuqarolarga o‘z vaqtida topshirilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tibbiyot punktida fuqarolarga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish, shifokorlar tomonidan tavsiya etilgan davolash jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilishi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ajratilayotgan dori vositalaridan samarali foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!