Barcha yangiliklar
#Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi
Gallery image 257350
Gallery image 257351
Gallery image 257352
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
05 Okt 2026
09:06

#Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi

#Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 17-“Adolat” saylov okrugi deputati D.Mansurxonov nomidan tuman Kengashi deputatlari N.Dushayeva va B.Baxovadinovlar tomonidan “Kuchlik” MFY hududidagi Islom obod ko‘chasining ichki yo‘llari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘chaning ichki yo‘llarida yo‘l qoplamasi mavjud emasligi, bu esa aholi, ayniqsa, piyodalar va transport vositalarining harakatlanishida qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani aniqlandi.

Hudud aholisi bilan suhbat davomida yo‘lni tartibga keltirish, ichki yo‘llarga shag‘al yoki asfalt qoplamasi yotqizish hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha murojaat va takliflar tinglandi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!