Barcha yangiliklar
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
Gallery image 257333
Gallery image 257334
Gallery image 257335
Gallery image 257336
Gallery image 257337
Gallery image 257338
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
05 Okt 2026
09:03

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati F.Sarmanov, Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputatlari N.Dushayeva va B.Baxovadinovlar tomonidan tuman hududida joylashgan 59-oilaviy poliklinikada aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, bemorlar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonlari, tibbiyot xodimlarining faoliyati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Aholining birlamchi tibbiy-sanitariya yordamidan foydalanish imkoniyatlari, shifokor ko‘rigini tashkil etish, zarur tibbiy xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!