Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 257314
Gallery image 257315
Gallery image 257316
Gallery image 257313
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
05 Okt 2026
08:54

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

FUQAROLAR MUROJAATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J. Mamadaliyev tomonidan Bo‘ston mahallasida istiqomat qiluvchi, kambag‘al oilalar reyestrida turuvchi fuqaro T.N. bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqaroning oilaviy sharoiti o‘rganilib, uning 2 nafar farzandi borligi aniqlandi. Muloqot chog‘ida fuqaro sog‘lig‘ini tiklash va davolanishi uchun amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Fuqaroning murojaati deputat tomonidan nazoratga olinib, mas’ullar bilan hamkorlikda tegishli amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.