Barcha yangiliklar
Namanganda mahalliy ishlab chiqarish va aholi bandligini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda
Gallery image 257201
Gallery image 257202
Gallery image 257203
Gallery image 257204
Gallery image 257205
Gallery image 257206
Gallery image 257207
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
04 Avg 2026
14:39

Namanganda mahalliy ishlab chiqarish va aholi bandligini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda

 Namanganda mahalliy ishlab chiqarish va aholi bandligini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov tomonidan "Namangan Lider Textile" MChJ faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yilgan tikuvchilik jarayonlari, yaratilgan mehnat sharoitlari hamda ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar bilan yaqindan tanishildi.

Ma'lum qilinishicha, korxonada bugungi kunda 100 nafar fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta'minlangan bo‘lib, asosan kichik va o‘rta yoshdagi o‘g‘il bolalar uchun sifatli shim va ko‘ylaklar ishlab chiqarilmoqda. Korxona ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta'minlash, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali hudud iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

O‘rganish jarayonida Ayubxon Kamalov tadbirkor bilan muloqot o‘tkazib, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, mahsulot assortimentini ko‘paytirish, eksport salohiyatini oshirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, tadbirkor tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish, ishlab chiqarish faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yaxshilash yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Ta'kidlanganidek, bunday korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlash Namangan shahrining iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦