Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev tomonidan aholi bandligi masalalari o‘rganildi
Gallery image 257064
Gallery image 257065
Gallery image 257066
Gallery image 257067
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
15 Iyul 2026
11:25

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev tomonidan aholi bandligi masalalari o‘rganildi

 

O‘rganish davomida hokim yordamchilari, Bandlikka ko‘maklashish markazi hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, o‘zini o‘zi band qilish mexanizmlarini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mazkur o‘rganish deputatlar faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 23-bandiga muvofiq, aholi bandligi masalalarini joyiga chiqib o‘rganish doirasida amalga oshirildi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining "Aholi bandligi to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ–642, 20.10.2020-yil), Mehnat kodeksi hamda aholi bandligi va mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 

Mazkur qonunlar Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Qonunlar taqsimotida Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan nazorat qilinadigan asosiy qonunlar qatoriga kiritilgan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bandligini yanada oshirish, bandlik dasturlari ijrosini kuchaytirish hamda fuqarolarni barqaror ish o‘rinlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.