Barcha yangiliklar
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi
Gallery image 257001
Gallery image 257002
Gallery image 257003
Gallery image 257004
Gallery image 257005
Gallery image 257006
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
07 Iyul 2026
10:27

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi

Qabul davomida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov tomonidan 71 nafar fuqaroning murojaatlari, taklif va muammolari atroflicha tinglandi.

Murojaatlarning 28 tasi qabul jarayonining o‘zida tegishli tashkilotlar va mas’ul mutaxassislar ishtirokida ijobiy hal etildi.

Bajarilishi muayyan vaqt talab etadigan hamda qo‘shimcha o‘rganishni taqozo etuvchi murojaatlar tegishli davlat organlari va tashkilotlarga belgilangan tartibda yuborilib, ularni qonunchilik hujjatlari talablari asosida ko‘rib chiqish, har bir murojaat yuzasidan asoslantirilgan yechim qabul qilish hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, bandlik, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, yer munosabatlari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqildi.

Sayyor qabullar fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi hamda xalq oldidagi mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦