Barcha yangiliklar
Sardoba" bozorida narx-navo va mahsulotlar ta’minoti o‘rganildi
Gallery image 256984
Gallery image 256985
Gallery image 256986
Gallery image 256987
Gallery image 256988
Gallery image 256989
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
07 Iyul 2026
10:23

Sardoba" bozorida narx-navo va mahsulotlar ta’minoti o‘rganildi

Sardoba" bozorida narx-navo va mahsulotlar ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida va Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunlar ijrosini ta’minlash doirasida Kengash kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev tomonidan "Sardoba" bozorida aholi iste’moli uchun eng zarur 

oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi, sifati hamda mahsulotlarning yetarlilik darajasi o‘rganildi.

Monitoring davomida asosiy iste’mol mahsulotlarining narxlari, bozordagi mavjud zaxiralari va savdo jarayonlari tahlil qilinib, bozor ma’muriyati hamda tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazildi.

Mazkur o‘rganish iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish, 

oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda bozorlarda narxlar barqarorligini saqlashga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlarining uzviy davomi hisoblanadi.