Barcha yangiliklar
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqildi
Gallery image 256957
Gallery image 256958
Gallery image 256959
Gallery image 256960
Gallery image 256961
Gallery image 256962
Gallery image 256963
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
06 Iyul 2026
10:19

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqildi

 Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Namangan shahrida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish hamda harakat ishtirokchilari uchun xavfsiz shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, piyodalar va haydovchilar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l belgilari va svetofor obyektlarini takomillashtirish, shuningdek, mas’ul tashkilotlar faoliyatini yanada kuchaytirish yuzasidan deputatlar tomonidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.