Barcha yangiliklar
“BANKIR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
Gallery image 256909
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
03 Okt 2026
09:47

“BANKIR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

💼 “BANKIR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati A.Isaqulov hamda Yoshlar maslahat kengashi a’zosi S.Xayrullayev tomonidan tumandagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Bankir va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, biznes loyihalarini amalga oshirish, moliyaviy imkoniyatlardan foydalanish hamda bank xizmatlari bo‘yicha zarur tushunchalar berildi.

Shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik borasidagi taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash — yangi imkoniyatlar sari muhim qadam.