Barcha yangiliklar
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #savolnoma_asosida #Okrugda_o‘rganish  #Deputatlik_nazorati
Gallery image 256763
Gallery image 256764
Gallery image 256765
Gallery image 256766
Gallery image 256767
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
02 Okt 2026
19:22

#Haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #savolnoma_asosida #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 19-“Xidirsho” saylov okrugidan saylangan deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich tomonidan “Dug‘oba” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan savdo do‘konlari hamda maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalarida nazorat-tahlil faoliyati olib borildi.

O‘rganishlar davomida deputat tomonidan quyidagi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

Oziq-ovqat xavfsizligi va narx-navo barqarorligi: Aholi uchun birinchi darajali zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, saqlash sharoitlari va narxlarining sun’iy ravishda oshirib yuborilmasligi ko‘zdan kechirildi.

Sanitariya-gigiyena talablari: Savdo shaxobchalarida sanitariya qoidalariga rioya etilishi va mahsulotlarning yaroqlilik muddatlari tekshirildi.

Tadbirkorlar va xaridorlar bilan muloqot: Deputat savdo do‘konlari egalari hamda xaridorlar bilan suhbatlashib, ularning muammo va takliflarini tingladi.

O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga va tadbirkorlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz