Barcha yangiliklar
Aholi qabuli va hududdagi muammo o‘rganildi
Gallery image 256670
Gallery image 256671
Gallery image 256672
Gallery image 256673
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
02 Okt 2026
18:25

Aholi qabuli va hududdagi muammo o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 26-“Yangi obod” saylov okrugidan saylangan deputat G.Paygamova tomonidan “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan masalalar, hududdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, har bir masalaga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qabul davomida A.T.Xuqandiy mavzesidagi 110- va 121-uylar oldida barpo etilayotgan chiqindi to‘plash maydonchasining qurilish ishlarini yakuniga yetkazish masalasi ham o‘rganildi.

️Mazkur masala yuzasidan qurilish ishlarini to‘liq yakunlash va hududda sanitariya-obodonlashtirish talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi