Barcha yangiliklar
Qaror ilovasida belgilangan xonadonlarda o‘rganish ishlari olib borildi
Gallery image 256666
Gallery image 256667
Gallery image 256668
Gallery image 256669
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
03 Iyul 2026
18:24

Qaror ilovasida belgilangan xonadonlarda o‘rganish ishlari olib borildi

Qaror ilovasida belgilangan xonadonlarda o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari S.Gapparova, Z.Sapaev hamda A.Rahmotullayev tomonidan Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 2026-yil 19-martdagi VII-19-31-6-91-K/26-son qarorining 1-ilovasida belgilangan xonadonlarda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan, davlat ta’minotidagi mehnatga layoqatsiz I-guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalar xonadonlarida energiya samaradorligini oshirish va isitish tizimlarini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning borishi joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, energiya tejamkor deraza va eshiklar o‘rnatilishi, xonadonlarning issiqlik izolyatsiyasi, quyosh panellari va geliokollektorlar bilan ta’minlanishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda mazkur qaror ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.