Barcha yangiliklar
UCHRASHUVLAR DAVOM QILMOQDA
Gallery image 30970
Gallery image 30971
Gallery image 30972
MATYUSUPOV SHOXIMARDON JOLOLADDINOVICH
05 Mar 2025
09:54

UCHRASHUVLAR DAVOM QILMOQDA

Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Qurbanbay Babajanov, Xalq deputatlari Hazorasp tuman kengashi deputati Sayyora Masharipovalar Hazorasp tumanidagi “Amudaryo”, “Juvarxas” mahalla fuqarolari bilan uchrashib, aholini qiynab kelayotgan muammolarni oʻz vaqtida yechim topishga harakat qilmoqda.

Uchrashuv davomida fuqarolar turli muammolarni koʻtarishdi. Xususan, yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi taʼminotini barqarorlashtirish, transformatorni yangilash, yangi simyogʻochlar qoʻyish, ish oʻrinlari yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ayrim fuqarolar ijtimoiy himoya va uy-joy bilan bogʻliq muammolar yuzasidan murojaat qilishdi.

Bunday uchrashuvlar fuqarolar va davlat organlari oʻrtasidagi ochiqlik va ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom qilmoqda.