Barcha yangiliklar
DORI-DARMON TA’MINOTI BO‘YICHA DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI
Gallery image 256371
Gallery image 256372
Gallery image 256373
Gallery image 256374
Gallery image 256375
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
02 Okt 2026
16:54

DORI-DARMON TA’MINOTI BO‘YICHA DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #162_ta_eng_muhim_qonun

DORI-DARMON TA’MINOTI BO‘YICHA DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari Kamolitdin Azizov hamda Sanjar Djalalov tomonidan tumandagi 26-oilaviy poliklinikada davlat tomonidan beriladigan dori-darmon vositalarining reimbursatsiya dasturi asosida aholiga yetkazilishi yuzasidan deputatlik nazorati o‘tkazildi.

✅ O‘rganish davomida mazkur dastur orqali 5 turdagi kasallik bo‘yicha 130 dan ziyod dori preparatlari aholiga belgilangan tartibda berilishi holati ko‘rib chiqildi.

🗂 Mazkur o'rganish O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 265-I-son “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosi doirasida amalga oshirildi. Qonun talablari 26-oilaviy poliklinika bosh shifokori hamda tibbiyot xodimlariga tushuntirilib, ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📈 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholining dori-darmon vositalaridan belgilangan tartibda va o‘z vaqtida foydalanishini ta’minlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolarning qonuniy huquqlarini ta’minlashdan iborat.