Barcha yangiliklar
“Yangiyo‘l” MFYda “Yettilik” faoliyati o‘rganildi
Gallery image 256270
Gallery image 256271
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
23 Iyun 2026
16:32

“Yangiyo‘l” MFYda “Yettilik” faoliyati o‘rganildi

 “Yangiyo‘l” MFYda “Yettilik” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda “Yettilik” faoliyati ustidan deputatlik nazoratini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Jumladan, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev, kotibiyat bosh mutaxassislari A.Nurmatov va M.Abdulmajidov tomonidan “Yangiyo‘l” MFYda “Yettilik” tarkibidagi mas’ul xodimlarning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.