Barcha yangiliklar
Baynalminal” MFY yettiligi faoliyati o‘rganildi va muhokama qilindi
Gallery image 256209
Gallery image 256210
Gallery image 256211
Gallery image 256212
Gallery image 256213
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
15 Iyun 2026
16:03

Baynalminal” MFY yettiligi faoliyati o‘rganildi va muhokama qilindi

“Baynalminal” MFY yettiligi faoliyati o‘rganildi va muhokama qilindi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 7-Nurafshon saylov okrugi deputati Sh. Sodiqov tomonidan “Baynalminal” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada olib borilayotgan ishlar, aholining murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash hamda mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish, aholi bilan manzilli ishlash tizimini kuchaytirish hamda hududdagi ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.