Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 256117
Gallery image 256118
Gallery image 256119
Gallery image 256120
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
02 Okt 2026
14:03

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Deputat_faoliyatidan
Talaba qizlar bilan ochiq muloqot


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 14-“Yoshlik-Nurtepa” saylov okrugi deputati N. Himmatova Toshkent tibbiyot universiteti Termiz filiali talaba qizlari bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida bugungi kunda yoshlar, xususan, talaba qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim olish va kasbiy rivojlanish masalalari, yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, talaba qizlarning o‘qish jarayoni, kelgusidagi rejalari, ularni qiziqtirayotgan masalalar va takliflari tinglandi. Uchrashuv samimiy va ochiq ruhda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr almashish imkoniga ega bo‘ldilar.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube