Barcha yangiliklar
DEPUTAT UCH AVLOD VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
Gallery image 256068
Gallery image 256069
Gallery image 256070
Gallery image 256071
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
02 Okt 2026
12:15

DEPUTAT UCH AVLOD VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI


Uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda nuroniylarning boy hayotiy tajribasidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan taklif, murojaat va muammolar tinglanib, ularni amaliy hal etish yuzasidan fikr almashildi. Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning ijobiy yechimini ta’minlash va bu boradagi ishlarni nazoratga olishga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur uchrashuv avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, shuningdek, mahalla hayotida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz