Barcha yangiliklar
“Barkamol avlod” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Gallery image 255928
Gallery image 255929
Gallery image 255930
Gallery image 255931
Gallery image 255932
Gallery image 255933
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
04 Iyun 2026
10:08

“Barkamol avlod” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

“Barkamol avlod” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Namangan shahrida aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ijtimoiy masalalar yechimiga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov shahardagi “Barkamol avlod” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilindi. Xususan, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya masalalari hamda hududni yanada obod qilishga doir takliflar ko‘rib chiqildi.

Muloqot yakunida bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar va mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi hamda masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi qayd etildi.