Barcha yangiliklar
Deputat va yoshlar
Gallery image 30894
Gallery image 30895
Gallery image 30896
PULATOVA XOLBUNISO IRGASHEVNA
04 Mar 2025
15:24

Deputat va yoshlar

  Deputat va yoshlar.  

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi 17- okrug deputati Rayimov Alisher Abdumalikovich Angren shahar axborot-kutubxona markazida bo‘ldi. Angren shahrida kitob mutolaasi, kutubxonalardagi sharoitlar doimiy e’tiborda. Zero, kitob mutolaasi insonni ma’naviy kamolot sari yetaklaydi, insonni har tomonlama yetuk shaxs sifatida shakllantirishidagi o‘rni beqiyosdir. Xususan, Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirish, aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish. Shu yerning o‘zida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rik-tanlovni kuzatdi va kitobxonlar bilan suhbatlashdi.