Barcha yangiliklar
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #24_tavsiya_ijrosi #deputat_faoliyati  Manguzar mahallasidagi ichki ko‘chalar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 255897
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
30 Sen 2026
09:43

#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #24_tavsiya_ijrosi #deputat_faoliyati Manguzar mahallasidagi ichki ko‘chalar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarning joylardagi amaliy holatini o‘rganish, belgilangan vazifalar ijrosini tahlil qilish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish maqsadida hududlarda nazorat-tahlil tadbirlari olib borilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov, shahar Kengashining 5-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati I.Tangirov hamda 17-“Surxon sohili” saylov okrugi deputati B.Rahmatullayev ishtirokida “Manguzar” mahallasida joylardagi holat o‘rganildi.