Barcha yangiliklar
“Zarafshon” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi  Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov tomonidan “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.  Sayyor qabulda Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri  N. Ubaydullayev, Kengash deputatlari hamda kotibiyat xodimlari ishtirok etdi.
Gallery image 255890
Gallery image 255891
Gallery image 255892
Gallery image 255893
Gallery image 255894
Gallery image 255895
Gallery image 255896
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
04 Iyun 2026
09:51

“Zarafshon” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov tomonidan “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev, Kengash deputatlari hamda kotibiyat xodimlari ishtirok etdi.

“Zarafshon” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov tomonidan “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev, Kengash deputatlari hamda kotibiyat xodimlari ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy va kommunal xizmatlar, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Murojaatlar yuzasidan fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglanib, ayrim masalalar joyida hal etildi hamda huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, nazoratga olindi.

Sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishdan iboratdir.