Barcha yangiliklar
ISMO” chevarchilik ishlab chiqarish sexi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 255880
Gallery image 255881
Gallery image 255882
Gallery image 255883
Gallery image 255884
Gallery image 255885
Gallery image 255886
Gallery image 255887
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
04 Iyun 2026
09:48

ISMO” chevarchilik ishlab chiqarish sexi faoliyati o‘rganildi

ISMO” chevarchilik ishlab chiqarish sexi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov boshchiligida Zarafshon mahallasida joylashgan “ISMO” chevarchilik ishlab chiqarish sexi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishda Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev, deputatlar A. Rahmatulloyev, I. Kamalov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirok etdi.

Tashrif davomida korxonada tikuvchilik va chevarchilik yo‘nalishida olib borilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy tikuv uskunalarining ishlash holati hamda tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bosqichlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, 

ishchi-xodimlar, xususan, xotin-qizlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi va ishlab chiqarish samaradorligi o‘rganildi.

Korxonada kiyim-kechak mahsulotlarini tayyorlash, buyurtmalar asosida mahsulot ishlab chiqarish hamda mahalliy aholini, ayniqsa, xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etildi.

Muloqot davomida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi turdagi tikuvchilik mahsulotlarini yo‘lga qo‘yish, eksportbop mahsulotlar ulushini oshirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va xodimlar uchun yanada qulay mehnat sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirild