Barcha yangiliklar
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 255856
Gallery image 255857
Gallery image 255858
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
04 Iyul 2026
09:43

AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI

AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Namangan shahar hokimligining Murojaatlar bilan ishlash bo‘limida 2026-yil I choragi davomida aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati hamda kelgusidagi vazifalar ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash, takroriy murojaatlar bilan ishlash, sayyor qabullar natijadorligi hamda murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlariga rioya etilishi, ijro intizomi, hisobot ma’lumotlarining haqqoniyligi va amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘rganish natijalari umumlashtirilib, sessiya muhokamasiga kiritish uchun tegishli xulosa tayyorlandi.