Barcha yangiliklar
Deputat hududdagi mutasaddilar faoliyati bilan tanishdi
Gallery image 255773
Gallery image 255774
Gallery image 255775
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
23 Sen 2026
08:46

Deputat hududdagi mutasaddilar faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati L.Mustafakulova hududda hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida aholi bilan ishlash tizimi, ijtimoiy reestrda ro‘yxatda turgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, ularning muammolarini aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Alohida ta’kidlandiki, ijtimoiy xodimlar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Kengash qaroriga asosan zarur kompyuter jamlanmalari sotib olinayotgani qayd etildi.

Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va daromad manbalarini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ijtimoiy xodim tomonidan esa ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati ko‘zdan kechirildi.