Barcha yangiliklar
Deputat nazorati
Gallery image 255748
Gallery image 255749
Gallery image 255750
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
25 Sen 2026
08:38

Deputat nazorati

Oilaviy tadbirkorlik va xotin-qizlar bandligi holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati N.Oxunova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan hududda o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida hududdagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni oilaviy tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tadbirkorlik qilish istagidagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning daromad manbalarini kengaytirish, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun mavjud shart-sharoitlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlashda uchrayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish imkoniyatlari o‘rganildi.