Barcha yangiliklar
Ekologik nazorat to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Gallery image 255719
Gallery image 255720
Gallery image 255721
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
30 Sen 2026
08:27

Ekologik nazorat to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati G.Maxsudova tomonidan hududda "Ekologik nazorat to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta'minlash hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.

Tadbir davomida fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, atrof-muhitni asrash, hududlarni ozoda saqlash, maishiy chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, noqonuniy chiqindi uyumlarining oldini olish hamda ekologik qonunchilik talablariga rioya etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ko‘cha va jamoat joylarini chiqindilardan tozalash, ariq-zovurlarni tartibga keltirish, daraxt va butalarni parvarishlash hamda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.