Barcha yangiliklar
XONADONLARDA YERDAN UNUMli FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 255640
Gallery image 255641
Gallery image 255642
Gallery image 255643
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
30 Sen 2026
18:45

XONADONLARDA YERDAN UNUMli FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI

XONADONLARDA YERDAN UNUMli FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov tomonidan M. Eshtemirov MFY hududidagi fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurilib, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarning o‘z xonadonlaridagi mavjud tomorqa imkoniyatlaridan samarali foydalanishi, issiqxonalardan unumli foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda xonadonlar daromadini oshirish borasidagi ishlari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur o‘rganish ishlari mahalladagi “Yettilik” vakillari bilan hamkorlikda amalga oshirilib, fuqarolarga tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, issiqxonalarda mahsulot yetishtirish va mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Xonadon — daromad manbai. Tomorqadan samarali foydalanish — farovonlik garovi!