Barcha yangiliklar
MIROBOD TUMANIDA “KITOB KARVONI" MA’RIFIY TADBIRLARI BO‘LIB O‘TMOQDA
Gallery image 2586
Gallery image 2587
Gallery image 2588
Gallery image 2589
Gallery image 2590
KARIMOV AVAZ AZIZDJANOVICH
20 Iyun 2023
12:52

MIROBOD TUMANIDA “KITOB KARVONI" MA’RIFIY TADBIRLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

“Yoshlar oyligi” doirasida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Mirobod tumani bo‘linmasi tomonidan "Kitob karvoni" aksiyasi tashkil etildi. 

Bunda yangi chop etilgan kitoblar taqdimoti o‘tkazilib, yoshlar bilan Xalq depuatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari, taniqli jurnalistlar, shoir, yozuvchi va olimlar davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir so‘ngida Xalq depuatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari, shuningdek, Mirobod tumani Axborot-kutubxona markazi, Temurbeklar maktabi Axborot resurs markazlari tomonidan kitoblar o‘quvchi yoshlarga topshirildi. 

Tumanimizdagi umumta’lim maktablari targ‘ibotchilari Zikrilla Ne’mat, Muqaddas To‘razoda, Xonbibi Maxamova, Nuriddin Rasulovlar o‘z muallifligidagi kitoblarni o‘quvchilarga va kutubxonaga hadya qilishdi.