Barcha yangiliklar
🔰Jamoat transporti qatnovi – deputat e’tiborida
Gallery image 255499
Gallery image 255500
Gallery image 255501
Gallery image 255502
Gallery image 255503
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
30 Sen 2026
17:54

🔰Jamoat transporti qatnovi – deputat e’tiborida

#deputat_faoliyati

🔰Jamoat transporti qatnovi – deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Murg‘ak” mahallasida qishloq oqsoqollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
♻️Muloqot davomida hududda jamoat transporti qatnovini yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz transport xizmatlarini ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar faoliyati, ularning xizmat sifati hamda yo‘lovchilarga yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan qishloq oqsoqollarining fikr-mulohazalari tinglandi.
♻️Uchrashuvda aholining transport xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
♻️Deputat tomonidan aholi murojaatlari va bildirilgan takliflar nazoratga olinib, jamoat transporti xizmatlarini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.
👉O‘rganishlar va aholi bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt